INKOTERMS

Inkoterms (ingl. Incoterms, International commerce terms) — lug‘at shaklidagi xalqaro qoidalar bo‘lib, tashqi savdo sohasida eng ko‘p qo‘llaniladigan savdo atamalarining, eng avvalo, frankoga — javobgarlikning sotuvchidan xaridorga o‘tish joyiga nisbatan bir ma’noli talqinini ta’minlaydi. Xalqaro savdo terminlari xalqaro oldi-sotdi shartnomalarining standart shartlari bo‘lib, ular xalqaro tan olingan hujjatda oldindan belgilab qo‘yilgan.

Qoidalar birinchi marta 1936-yilda Xalqaro savdo palatasi tomonidan e’lon qilingan, birinchi tahriri "Inkoterms-1936" nomi bilan tanilgan. Tuzatish va qo‘shimchalar keyinchalik 1953, 1967, 1976, 1980, 1990, 2000, 2010, 2020-yillarda kiritilgan.