O‘zbekiston delegatsiyasi Yuta shtatining moliyaviy markaziga tashrif buyurdi

Respublika Universal Agrosanoat birjasi rahbariyati O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi tarkibida AQSHning Yuta shtatida xizmat safari bilan bo‘lib turibdi hamda “Dunyo chorrahasi” xalqaro savdo sammitida ishtirok etmoqda.

Respublika Universal Agrosanoat birjasi rahbariyati O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi tarkibida AQSHning Yuta shtatida xizmat safari bilan bo‘lib turibdi hamda “Dunyo chorrahasi” xalqaro savdo sammitida ishtirok etmoqda.

Tashrifning asosiy maqsadi — moliyaviy boshqaruv, raqamlashtirish hamda savdo-birja infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi xalqaro tajriba va zamonaviy yondashuvlarni o‘rganishdan iborat.

Agrosanoat birjasi o‘z faoliyatini takomillashtirish, innovatsion yechimlarni joriy etish va zamonaviy raqamli xizmatlarni rivojlantirish ustida izchil ish olib bormoqda. Shu bilan birga, savdo mexanizmlari samaradorligini oshirish, jarayonlar shaffofligini ta’minlash hamda ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tashrif doirasida qator ishchi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Dastlabki uchrashuv Yuta shtati Moliyaviy institutlar departamentida tashkil etildi. Mazkur tashkilot hududdagi bank va moliyaviy muassasalar faoliyatini tartibga solishda muhim o‘rin tutadi.

Shuningdek, delegatsiya 1952-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan mustaqil mahalliy bank — Bank of Utah faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bank mijozlar va jamiyat manfaatlarini ustuvor yo‘nalish sifatida belgilagani bilan ajralib turadi.

Uchrashuvlar davomida tomonlar o‘z faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazib, tajriba almashdilar hamda bank-moliya sohasidagi zamonaviy yondashuvlarni muhokama qildilar.

Bunday tashriflar ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish, samarali boshqaruv modellarini tahlil qilish hamda kelgusidagi hamkorlik va rivojlanish uchun yangi imkoniyatlarni yaratishga xizmat qiladi.

← Barcha yangiliklar