4-fevral kuni Berlinda dunyodagi eng yirik oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmalaridan biri - "Fruit Logistica 2026" o‘z ishini boshladi.
4-fevral kuni Berlinda dunyodagi eng yirik oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmalaridan biri - "Fruit Logistica 2026" o‘z ishini boshladi.
Savdo-sanoat palatasi ko‘magida tashkil etilgan "Made in Uzbekistan" milliy stendi doirasida mamlakatimiz agrosanoat salohiyati keng namoyish etilmoqda. 20 dan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini xalqaro xaridorlar va potensial hamkorlarga namoyish etmoqda.
Ko‘rgazmada ishtirok etish eksport uchun yangi imkoniyatlar ochadi, xorijiy hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish va "Made in Uzbekistan" brendini jahon maydonida mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ko‘rgazma 6-fevralga qadar davom etadi va O‘zbekiston paviloni "Messe Berlin" ko‘rgazma markazida, Hall 22/E50 stendida joylashgan.
Manba: uzdaily.uz