Birjadagi savdolar markazlashtirilgan holda elektron shaklda, birjaning barcha a’zolariga bir vaqtning o‘zida ishtirok etish imkoniyati berilgan holda o‘tkaziladi.
O‘zRVBning elektron birja, ko‘rgazma-yarmarka va auksion savdolari haftaning besh kuni - dushanbadan jumagacha soat 10-30 dan 12-30 gacha - birinchi sessiya va soat 14-30 dan 16-30 gacha - ikkinchi sessiya davomida o‘tkaziladi.
Ko‘rsatilgan vaqtdagi savdolar bir vaqtning o‘zida savdolarning barcha turlari bo‘yicha o‘tkaziladi:
birja savdolari - belgilangan tartibda birja savdolariga qo‘yilgan muayyan turdagi va sifatdagi tovarlar, shu jumladan hosila moliyaviy vositalar (derivativlar) bilan elektron birja savdolari natijalari bo‘yicha birja bitimlarini tuzish;
ko‘rgazma-yarmarka savdolari - birja tovariga qo‘yiladigan talablarga javob bermaydigan va xaridorlarga ularning namunalari va modellarini, elektron kataloglarini, prospektlarini, reklama byulletenlarini yoki boshqa tavsiflovchi hujjatlarini ko‘zdan kechirish imkoniyatini berishni talab qiladigan har qanday tovar bilan ko‘rgazma-yarmarka bitimlarini tuzish;
auksion savdolari - tovarlar (ishlar, xizmatlar), shu jumladan individual xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlar bo‘yicha auksion savdolari (shu jumladan davlat xaridlarini tashkil etish bo‘yicha elektron savdolar) natijalari bo‘yicha auksion bitimlari tuzish; tovarlar (ishlar, xizmatlar), shu jumladan individual xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlar bo‘yicha auksion savdolari (shu jumladan davlat xaridlarini tashkil etish bo‘yicha elektron savdolar) natijalari bo‘yicha auksion bitimlari tuzish.
Ishtirokchilar tomonidan har qanday turdagi savdolarda tovarni sotishga buyurtmanoma berishda asosiy shartlardan biri - savdolarning barcha ishtirokchilarini tovar takliflari to‘g‘risida keng xabardor qilish va ularni sotishda raqobatni oshirish maqsadida ushbu tovar bo‘yicha faqat bitta birja sessiyasi orqali bitimlar tuzish imkoniyatidir.
Savdolarni o‘tkazish vaqti birja tomonidan o‘zgartirilishi mumkin, lekin faqat savdolarning barcha qatnashchilari bu haqda rasman xabardor qilinganidan keyin.