Jamiyatning 2024-yilgi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha aksiyadorlarning yillik hisobot umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida XABARNOMA.

Hurmatli aksiyadorlar! "Respublika universal agrosanoat birjasi" aksiyadorlik jamiyatining birja kengashi Sizni jamiyatning 2024-yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha aksiyadorlarning yillik hisobot umumiy yig‘ilishini chaqirish haqida xabardor qiladi. Jamiyat aksiyadorlarining yillik hisobot umumiy yig‘ilishi 2025-yil 27-iyun kuni soat 12:00 da Toshkent shahri, Qushbegi ko‘chasi, 18-uyda bo‘lib o‘tadi.

KUN TARTIBI

jamiyat aksiyadorlarining 2025-yil 27-iyundagi yillik hisobot umumiy yig‘ilishi

1. Jamiyat aksiyadorlarining yillik hisobot umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. Jamiyat Bosh direktorining 2024-yil uchun yillik hisobotini tasdiqlash.
3. Jamiyatning 2024-yil uchun yillik buxgalteriya balansi, foyda va zararlar schyotlarini tasdiqlash.
4. Jamiyat birja kengashi raisining 2024-yil uchun hisobotini tasdiqlash.
5. Jamiyatning 2024-yildagi moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yakunlari bo‘yicha jamiyat taftishchisining xulosasini tasdiqlash.
6. Jamiyatning 2024-yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish yakunlari bo‘yicha auditorlik tashkilotining xulosasini tasdiqlash.
7. Jamiyatning 2024-yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha sof foydasini taqsimlash, dividendlar miqdori va ularni to‘lash shakli.
8. Auditorlik tashkilotini va uning xizmatlariga haq to‘lashning cheklangan miqdorini aniqlash.
9. Jamiyatning yangi tuzilmasini tasdiqlash.
10. Jamiyat birja kengashi a’zolarini saylash.
11. Jamiyat bosh direktorini saylash.
12. Jamiyat revizorini saylash.

Jamiyat aksiyadorlarining yillik hisobot umumiy yig‘ilishiga doir axborot va materiallar bilan Toshkent shahri, Qushbegi ko‘chasi, 18-uy manzilida joylashgan jamiyat Birja kengashi kotibiyati orqali tanishish mumkin. E-mail: info@exchange.uz

Aksiyadorlar reyestrlarini shakllantirish:

Jamiyat aksiyadorlarining yillik hisobot umumiy yig‘ilishida ovoz berish ovoz berish byulletenlari bilan o‘tkaziladi.

Jamiyat aksiyadorlarining yillik hisobot umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar pasportga, vakillar esa O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq rasmiylashtirilgan pasport va ishonchnomaga ega bo‘lishlari lozim.

Jamiyat aksiyadorlarining yillik hisobot umumiy yig‘ilishida ishtirok etish niyatida bo‘lgan ishonchnoma bo‘yicha vakillar o‘z ishonchnomalarini aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida uch kun oldin Birja kengashi kotibiyatiga taqdim etishlari kerak.

← Barcha yangiliklar